Musiqani sun’iy intellektdan himoya qiling: Amerika yulduzlari ochiq xat imzoladilar

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 12:14
200 dan ortiq amerikalik san’atkorlar sun’iy intellektni (AI) “inson ijodiga hujum”da ayblab, ochiq xat imzodilar. Bu haqda New York Post xabar beradi.

San’atkorlar sun’iy intellekt tez orada xonandalarning asl ovozlarining raqamli nusxalarini yaratishi mumkinligidan xavotir bildirishdi.

Shu bois, murojaat mualliflari elektron musiqa mualliflaridan neyron tarmoqlardan kamroq foydalanishni so‘rashadi.

“Yangi davrda ijodkorlar sun’iy intellekt bilan raqobatlashishi kerak. Neyron tarmoqlardan noto‘g‘ri foydalanish haqiqiy musiqachilar va muxlislarning qadr-qimmatini yo‘qotadi”, — dedi San’atkorlar huquqlari alyansi ijrochi direktori Jen Jeykobsen.

Ushbu maktub Billi Aylish, Imagine Dragons, Nicki Minaj, Pearl Jam, Katy Perry, Jonas Brothers, Juliya Maykls, Rayan Tedder va boshqa aktyorlar, qo‘shiqchilar va musiqachilar tomonidan imzolangan.

Ma’lumki, ayrim kompaniyalar ijodkorlarning ijodiy ishlarini prodyuserlarning ruxsatisiz o‘zlashtirib, sun’iy intellekt yordamida qayta ishlab, ommaga taqdim etgan.
Bu shou-biznes vakillarining daromad manbaiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asl musiqaning ovozi va obrazini almashtirishga qaratilgan faoliyatdir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati