«Andijon» klubi 17 yillik tarixni yangiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 11:54
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, «Lokomotiv» o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qildi va kutilmaganda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Aleksandr Xomyakovning shogirdlari garchi safarda o‘yin o‘tkazishiga qaramasdan hujumkor o‘yin o‘tkazdi. Birinchi bo‘limda har ikki jamoa bir necha imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. O‘yinning shiddatli tus olishi ikkinchi bo‘limdan boshlandi.

Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Islom Mamatkazin raqib darvozasini boshi bilan aniq nishonga oldi. Bu holat esa «Andijon» futbolchilarini yanada hujumga zo‘r berishga undadi. Buning natijasida 70-daqiqada «Lokomotivning hujumini qaytargan mehmonlar darvozaboni Igor Litovka to‘pni aniq tarzda hujumchi Shahrom Samiyevga tashlab berdi. Mazkur vaziyatdan unumli foydalangan Shahrom gol urib, hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi. 85-daqiqada «Lokomotiv» klubi a’zosi Sardor Abdunabiyev gol urib hisobni qisqartirdi. O‘yin so‘nggiga qadar har ikki jamoa hujumga zo‘r bergan bo‘lsada, hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, «Andijon» ochkolarini 11 taga yetkazib oldi va hozircha turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Ma’lumot uchun, «Lokomotiv» maydonida «Andijon» 2007 yildan beri g‘alaba qozona olmayotgan edi.

Bugun, 5 aprel kuni, Jizzaxda «So‘g‘diyona» – «Qizilqum», Toshkentda «Bunyodkor» – «Dinamo» uchrashuvlari o‘tkaziladi. Har ikki uchrashuv soat 19:15 da boshlanadi. Umid qilamizki, mazkur bahslar ham shiddatli o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati