Maktablarda «Yosh gvardiyachilar» harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 11:44
Maktablarda harbiy vatanparvarlikka asoslangan Milliy gvardiya sinflarining tashkil etilayotganini ham bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 5 fevral kuni o‘tkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Milliy gvardiya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida maktablarda «Yosh gvardiyachilar» harbiy vatanparvarlik sinflari tashkil etilishi belgilab berilgan edi.

Endilikda 9-sinfdan boshlab bittadan «Yosh gvardiyachilar» harbiy vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi. Bu ishlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 2024-2025 o‘quv yilida 2530 ta va ikkinchi bosqichda 2025-2026 o‘quv yilida 2536 ta maktabda harbiy vatanparvarlik sinflari o‘z faoliyatini boshlaydi.

Ushbu topshiriqning amaliy ijrosi sifatida hududlarda mazkur harbiy vatanparvarlik sinflarining dastlabkilari ochilmoqda. Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Oqtepa va Qulibek mahallalarida joylashgan 21-, 24-umumta’lim maktablarida hamda Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ana shunday «Yosh gvardiyachilar» harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etildi.

Shu munosabat bilan sinflarga qabul qilingan o‘quvchilar ishtirokida tantanali va’da berish marosimi o‘tkazildi.

Unda har ikkala viloyat bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmalari rahbarlari va mas’ul ofiserlari, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari hamda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, ota-onalar ishtirok etdi.
– Maktabimizda 9-«a» sinf Milliy gvardiya sinfi sifatida tashkil qilinib, barcha o‘quvchilar Milliy gvardiya formasi bilan ta’minlandi, – deydi Navoiy shahridagi 8-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Gulnora O‘rinova. – Harbiy forma kiygan o‘quvchi milliy o‘zligimizni chuqurroq his etadi. Yurtga bo‘lgan sadoqati, mehr-muhabbati yana bir karra ortadi.
Aytish kerakki, yangitdan zamonaviy ko‘rinishda jihozlangan harbiy- vatanparvarlik sinflarida o‘g‘il-qizlarga muntazam ravishda harbiy bilim va ko‘nikmalar berib boriladi, mahorat darslari tashkil etiladi.
Bu o‘z navbatida, kelajak avlodning vatanparvarlik ruhida kamol topishiga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati