• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 11:40
Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yilning 10, 11, 12, 13 aprel kunlari 775/776-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temiryo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilsa bo‘ladi.

Avvalroq “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishini e’lon qilgandi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati