Pochettino muhim pallada shogirdlariga nima degan edi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 11:38
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Koul Palmer bosh murabbiy Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda jamoaning kambek qilishiga qanday yordam bergani haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, 98-daqiqaga kelib “ko‘klar” 2:3 hisobida mag‘lub bo‘layotgan bo‘lsa-da, keyin 4:3 hisobida g‘alabani tortib olishdi.

Palmer xet-trik qayd etdi.

"Men hisobni tenglashtirganimda Pochettino bizga: "Bolalar, kelinglar, hali ikki daqiqa bor, bo‘shashmaymiz", dedi.

U doimo bizni oldinga undashga harakat qiladi.

Uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qildik. Yaxshiyamki, biz muvaffaqiyatga erishdik", - deya Palmerning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati