Humoyun Sultonov yarim final, Sergey Fomin final yo‘llanmasi uchun kortga chiqadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 11:38
Musobaqaning yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov misrlik Amr Elsayidni 1:6, 6:4, 6:3, gruziyalik Saba Purtseladzeni 6:1, 7:5 hisobida yengdi va yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan navbatdagi uchrashuvda polshalik Kamil Mayxshakga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, mamlakatimizning erkaklar o‘rtasidagi birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Humoyun Sultonov juftliklar o‘rtasida ukrainalik Yuriy Javakyan bilan birgalikda chorak finalga chiqdi va unda qozog‘istonlik Grigoriy Lomakin va neytral tennischi Iliya Simakinga 6:4, 3:6, 0:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan musobaqaning yakkalik bahslarining ikkinchi davrasiga qadar yetib borgan Sergey Fomin juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi. Sergey juftliklar o‘rtasida neytral tennischi Pavel Verbin bilan duet hosil qilib, ilk turda neytral tennischilar Andrey Shepelev va Kirill Kalennik tandemini, chorak finalda shveysariyalik Matteo Lavizzari va chexiyalik Shtepan Pechak juftligini mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi Sergey va Pavel 1/2 final bosqichida mezbon tennischilar Umut Akkoyun hamda Mert Nachi Turker bilan kuch sinashadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati