Imom Buxoriyning yana bir asari o‘zbek tiliga tarjima qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 11:36
Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida mazkur asar tarjimasiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot kotibi Sherzod Mamatov bu haqda quyidagilarni ma’lum qildi:

– Markazimiz tomonidan muhaddislar sultoni – Imom Buxoriyning islom olamida mashhur bo‘lgan «Birrul volidayn» (Ota-onaga yaxshilik qilish) asari ilk marta o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Mazkur loyiha davlatimiz rahbari tomonidan Buxoro viloyatiga qilingan tashrif davomida buyuk ajdodimiz Imom Buxoriy asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, xalqimizga yetkazish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi asnosida amalga oshirilib, kitob tarjimasi asosida xalqchil risola tayyorlandi.

Kitobda farzand tarbiyasi, amallarning afzali – ota-onaga yaxshilik qilib, hurmat ko‘rsatish, ularning duolarini olish, ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi mustajob bo‘lishi va silai rahm fazilati, qarindoshlarga yaxshilik qilish kabi mavzulardagi 76 ta hadis jamlangan.

Hadislarning xalqchil va tushunarli bo‘lishi uchun izoh va sharhlar yozildi. Asarni sharhlashda 50 dan ortiq ishonchli tarixiy manbadan foydalanildi.
Tarjimada ushbu asarni o‘zida asrab, shogirdlariga o‘qitgan keyingi ulamolardan biri imom, hofiz Muhammad Abdulhay Kattoniy tomonidan saqlangan nusxa asos qilib olindi. Matn boshqa nusxalar bilan birgalikda qiyosiy o‘rganildi. Zarur o‘rinlarda tuzatishlar kiritilib, mahalliy va xorijiy islomshunos olimlar, atoqli ulamolar bilan ilmiy muloqotlar olib borildi.
Kitob va xalqchil risola Din ishlari qo‘mitasida belgilangan tartibda davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazilgan.
Mazkur yangi kitobni Birlashgan Arab Amirliklari , Turkiya, Misr, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlardagi nufuzli kutubxona va fondlariga taqdim etish hamda mamlakatimiz va xorijning ilmiy-diniy jamoatchiligi orasida targ‘ib qilish rejalashtirilgan.
Ushbu kitob va xalqchil risola muqaddas dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini ochib berish, farzandlarimizni ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat ruhida odob-axloqli etib tarbiyalashga xizmat qiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati