Poytaxt jamoat transportida bir kunda 1 milliondan ortiq yo‘lovchi tashilgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 11:34
Davlatimiz rahbari raisligidagi bir nechta yig‘ilishlarda mazkur masalaga jiddiy e’tibor qaratilib, qator topshiriqlar berilgan edi. Aholining yuqori sifatli va qulay yo‘lovchi tashish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish, sohada bozor tamoyillarini joriy etish maqsadida 2023 yil 16 fevralda qabul qilingan “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori esa bir qator chora-tadbirlar belgilab berilgani va sohadagi sa’y-harakatlarda muhim hujjat bo‘lgani bilan ahamiyatlidir.

Sohada amalga oshirilayotgan ishlar samarasi o‘laroq, jamoat transporti xizmatida yangilanishlar, o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ayniqsa, poytaxt Toshkent shahrida xorijiy ekspertlar ishtirokida yangicha yondashuvlar asosida jamoat transportining yangi yo‘nalishlari tarmog‘i ishlab chiqildi. Natijada jamoat transportidan foydalanayotgan yo‘lovchilar soni oshmoqda.

«Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida shu yilning 2 aprel kuni 1 milliondan ortiq yo‘lovchi tashilgan. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, 165 ta avtobus yo‘nalishlari orqali 1 million 86 ming 19 nafar yo‘lovchi manziliga yetkazib qo‘yilgan. Buning uchun 20,9 ta qatnov amalga oshirilgan. Yo‘nalishlardagi avotobuslar soni esa 1 ming 569 tani tashkil etgan.

Tashuvlarda naqd pul orqali yo‘l haqini to‘laganlar 39,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, elektron to‘lov 60,4 foizdan iborat bo‘lgan. Avtobuslarning oraliq intervali 8-10 daqiqani tashkil etadi.

Ushbu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, poytaxtimizdagi jamoat transporti xizmatlaridan foydalanayotgan yo‘lovchilar ko‘lami ko‘payib bormoqda. Shaxsiy avtoulovlardan ko‘ra jamoat transportidan qancha ko‘p foydalanilsa, shahar ko‘chalaridagi yengil avtomashinalar soni biroz kamayishiga, natijada poytaxt atmosfera havosi ifloslanishining biroz bo‘lsada oldi olinishiga xizmat qilgan bo‘lar edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati