Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 11:28
«O‘zbekiston temir yo‘llari» Ramazon Hayiti bayrami munosabati bilan Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati xabar berdi.

775/776-sonli Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining harakati 10, 11, 12, 13 aprel kunlari amalga oshiriladi.

Quyida harakat jadvali keltirilgan:

775-sonli «Samarqand — Toshkent» yo‘nalishi:

Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26 776-sonli «Toshkent — Samarqand» yo‘nalishi:

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05. Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalaridan va havola orqali onlayn xarid qilish imkoniyati ham mavjud.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati