Sirdaryoda «Kinokarvon» tadbirlari boshlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 11:26
Kinematografiya agentligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi «Ma’rifat» targ‘ibotchilari jamiyati hamkorligida 4 aprel kuni «Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» shiori ostida Sirdaryo viloyatida «Kinokarvon» tadbirlari o‘tkazila boshlandi.

«Kinokarvon» tadbirlarining birinchi kunida Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin, Boyovut va Xovos tumanlarida taniqli kinoijodkorlar sirdaryoliklar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Bundan tashqari keyingi ikki kunda viloyatning Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Sirdaryo va Sayxunobod tumanlarida ham tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Tadbirlar davomida Mehriddin Rahmatov, Umid Iskandarov, Ali Niyazimbetov, Dilshodbek Kattabekov, Bahodir Nishonov, Azizbek Qobilov va boshqa kinoijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.








Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatidagi «Kinokarvon» tadbirlari 6 aprelga qadar davom etadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati