Turkiya kompaniyasi Surxondaryoda 100 MVt fotoyelektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 11:24
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Turkiyaning quyosh elektr stansiyalari qurish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Akgun enerji” kompaniyasi bosh direktori Kemal Gunay boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Turkiyalik investorlar Surxondaryo viloyatining ob-havosi yilning asosiy qismida quyoshli bo‘lishi, keyingi yillarda tobora ehtiyoj ortib borayotgan energiya, jumladan, qayta tiklanuvchi elektr energiyasi manbalarini joriy etish uchun zarur imkoniyat va sharoitlarga ega ekanligini ta’kidlashib, vohamizda 100 MVt quvvatdagi quyosh fotoyelektr stansiyasi qurish loyihasini taklif qilishdi.

Muzokaralar yakunida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida loyihaning texnik-iqtisodiy imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, takomillashtirish bo‘yicha ishlarni boshlashga kelishib olindi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati