FVV aholiga eslatma bilan chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 11:22
Sel - katta miqdorda tog‘ toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda tog‘dan oqib tushuvchi suv oqimi bo‘lib, muntazam jala quyishi (85% holatlarda), tog‘ qorlarining erishi (4% hollarida), tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi (1,3% hollarida) va boshqa sabablar (9,7% hollarda) olib kelishi mumkin.

Katta hajmga va yuqori tezlikka ega bo‘lgan sel oqimi, yo‘lidagi barcha binolarni, aholi yashaydigan uylarni, gidrotexnik inshootlarni buzib, qishloq xo‘jalik ekinlarini, bog‘larni payhon qiladi. Odamlar va hayvonlarni nobud qiladi.

O‘zbekiston Respublikasidagi barcha tog‘ va tog‘ oldi hududlari sel xavfi bo‘lgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning Namangan (19%), Farg‘ona (14%), Surxondaryo (13%), Toshkent (12%), Samarkand (12%) va Qashqadaryo viloyatlari (12%) hududlari suv toshqini-sel xavfi mavjud hududlardan hisoblanadi.

Sel oqimi vujudga kelishi aprel va may oylariga to‘g‘ri keladi, bu davrda tog‘ va tog‘ oldi hududlarida ko‘p yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan.

Sel xavfi bo‘lganda aholining harakati bo‘yicha tavsiyalar

- Sel xavfi bo‘lgan hududlarda yashovchi har bir kishi uning uyi, xo‘jaligini sel kelish hududida joylashganligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak va Uzgidromet, FVV/FVB, hokimiyatlar vakillari tomonidan berilgan ko‘rsatmalardagi sel va suv toshqinidan himoya qilish yo‘l-yo‘riqlariga albatta amal qilishi lozim.
- Sel oqimining o‘tishi va uning oqibatlari katta moddiy zarar keltirib, odamlar hayot va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin (sel oqibatida odamlarning qurbon bo‘lganligi bir necha marta qayd qilingan).
- Sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to‘g‘risida habar eshitgandan so‘ng darxol xavfsiz joyga ko‘chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo‘lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim.
- Sel oqimidan xalos bo‘lishning iloji bo‘lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat vaqt davom etishi mumkin.
- Sel oqimi o‘tgandan so‘ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta’minotining sozligini tekshirish zarur.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati