Realda so‘nggi 3 mavsumda 1 futbolchi Vinisiusdan ko‘proq sariq kartochka olgan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 37
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 00:14
Vinisius Junior oxirgi uch mavsumda 31 ta sariq kartochka oldi.

Madridning “Real” klubi La Liganing 29-turida “Osasuna”ni safarda mag‘lub etdi (4:2). Madridliklar forvardi dubl qayd etdi va bahsda mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini ham oldi, shu sababli u avtomatik ravishda bitta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Qayd etilishicha, Vinisius joriy Ispaniya chempionatidagi 5 ta kartochkadan atigi 1 tasini qo‘pollik uchun, qolganini sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari va hakamlar bilan tortishuvlari uchun olgan.

Braziliyalik futbolchining so‘nggi 4 ta o‘yinida 4 ta sariq kartochka bor - 3 tasi La Ligada, 1 tasi Chempionlar ligasida.

So‘nggi 3 mavsumda Vinisius barcha musobaqalarda 31 ta sariq kartochka oldi - bu "Real Madrid"dagi ikkinchi ko‘rsatkich. Faqat yarim himoyachi Eduardo Kamavinga (34) ko‘proq ogohlantirish olgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati