Bor e’tiborimiz Parij Olimpiadasiga qaratilgan – Farrux Qilichev

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 10:58
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Farrux Qilichev Olimpiya va jahon chempioni Bahodir Jalolovning Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari qanday kechayotgani va sportchi formasini bosqichma-bosqich tiklab borayotganini aytdi.

“Bahodir hozir ringni yaxshilab his qilib olishi kerak, chunki u oxirgi marta o‘tgan yili sentyabr oyida havaskor boksda jang qilgandi. Hozir uning yaxshi formada emasligi ham Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikning ma’lum bir bosqichi hisoblanadi. Rejaga ko‘ra, Bahodir yana 1-2 ta havaskor boks musobaqalarida ishtirok etishi kerak. Olimpiadagacha u jismoniy holatini to‘liq yaxshi ko‘rinishga keltirib oladi”, deydi Farrux Qilichev.

Ma’lumot uchun, katta tanaffusdan so‘ng Bahodir Jalolov marta mart oyida Ozarbayjonning Baku shahri mezbonlik qilgan “Great Silk Way-2024” turnirida 2 ta jang o‘tkazib, g‘alaba qozondi va musobaqa g‘olibiga aylandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati