O‘zbekistonda Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan yana bir necha shaxs ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 10:56
O‘zbekistonning to‘rt hududida AQShga noqonuniy yo‘llar bilan yuborishni va’da qilgan bir necha shaxslar ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Marhamat tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan shaxs Asaka tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Meksika davlati orqali AQShga yuborish evaziga 19 ming dollar talab qilib, oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, 15 ming dollardan 6 ming dollarni olgan vaqtida mazkur noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan, Marhamat tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ham qo‘lga olingan.

DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan shaxs Nurota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Meksika orqali AQShga yuborish evaziga 14 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan shaxs 15 ming dollar evaziga Sardoba tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni AQShga yuborishni va’da qilib, oldindan 12 ming dollar va 6 million so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda Bektemir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ayol Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga viza va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, uni Turkiya—Nikaragua—Meksika yo‘nalishi orqali AQShga yuborish evaziga 16 ming dollar talab qilib, oldindan 9 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati