Dalot: Hammasi Garnachoning o‘ziga bog‘liq

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 10:50
"MYU" himoyachisi Dalot o‘z jamoadoshi Garnacho haqida gapirdi. 

"U asosiy jamoaga tusha boshlaganida, biz uning o‘ziga xos xususiyatlari borligini darhol anglagandik.

U mashg‘ulotlarda juda ko‘p ishlaydi, unda hali imkoniyatlar paydo bo‘ladi, hammasi uning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi.

O‘ylashimcha, u mavsumni juda yaxshi o‘tkazmoqda, u bilishi kerakki, u gol ura boshlaganida, yaxshi o‘ynay boshlaganida umidlar, mas’uliyat, talablar tobora ortib boradi.

Eng yuqori darajada hamma narsa oshadi va u darajasini yaxshi holatda ushlab turishi kerak, men unga har doim kiyinish xonasida yordam beraman. Ammo oxir-oqibat u cho‘qqiga chiqishni xohlasa, barchasi o‘ziga bog‘liq bo‘ladi", – dedi Dalot.

Eslatib o‘tamiz, kecha “Manchester Yunayted” qo‘shib berilgan vaqtda “Chelsi”ga mag‘lub bo‘ldi.
97-daqiqada 3:2 hisobida oldinda borayotgan "mankunianliklar" himoyachisi Diogo Dalot jarima maydonchasida Noni Maduekega nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Bosh hakam Jarred Gillett penalti belgiladi.
Koul Palmer 100-daqiqada penaltini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi. Bir daqiqadan so‘ng u yana bir gol urib jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati