Mahalliy sayyohlarga keshbek sifatida 177 million so‘m qaytarildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 10:48
Mazkur tizimga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida «Sayohat qil va keshbek ishla» shiori asosida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan mamlakat fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib berilyapti.

2023 yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqqan mamlakatimiz fuqarolariga sarflangan xarajatlari uchun jami 177 million so‘mdan ortiq mablag‘ keshbek sifatida qaytarib berilgan, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:



- aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;

- temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.
Shuningdek, ushbu xabarda keshbek olish tartibi ko‘rsatilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati