• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Cog‘lom bo‘lsada, ruhiy-asab kasalliklar dispanseridan olib ketilmayotgan qizning ahvoli o‘rganildi

Cog‘lom bo‘lsada, ruhiy-asab kasalliklar dispanseridan olib ketilmayotgan qizning ahvoli o‘rganildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 10:46
Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma’muriyatidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda 2009 yilda tug‘ilgan M.YA. (qiz bola) ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga joylashtirilgani, lekin bugungi kunda u faol davolanishga muhtoj emasligi, hozirda M.YA. dan hech kim xabar olmasligi, onasi bilan telefon orqali gaplashilganda u qizini olib ketolmasligi bayon qilingan.

Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan M.YA. oilasining ijtimoiy vaziyati baholanishi va uning shifoxonadan chiqarilib, sog‘lom hayotga moslashuvi yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga so‘rov yubordi.

Agentlik tomonidan mazkur holat atroflicha o‘rganildi.

Jumladan, Agentlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan voyaga yetmagan M.YA. ning oilasi ijtimoiy vaziyati o‘rganilib, uning onasi bilan uchrashildi va tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, farzandi M.YA. joriy yilning 19 mart kuni Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanseridan chiqarilib, yashash manziliga olib ketildi.

Bundan tashqari, M.YA. hozirda o‘qishini Buxoro shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta maktabda davom ettira boshladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati