Bahodir Jalolov nega yaxshi formada emasligiga izoh berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 10:42
O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov Ozarbayjonda o‘tkazilgan “Great Silk Way-2024” turnirida yaxshi formada bo‘lmaganligini tasdiqladi.

“Ozarbayjondagi turnirga yaxshi jismoniy holatda bormadim. Ancha vaqt boks tushmasam, har bir turnirda birinchi jangim qiyin o‘tadi. Bakudagi musobaqada jismoniy holatimni yaxshilab olish uchun ishtirok etdim. Uylanganimdan keyin biroz dam oldim. Endi yana avvalgi holatimga tiklab olish uchun o‘z ustimda ishlayapman. Muxlislarimiz yutsak-yutqazsak qo‘llab-quvvatlab turishsa hammasi yaxshi bo‘ladi”, deydi Jalolov.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov 14 aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan IBA chempionlar oqshomi doirasida xorvatiyalik Smaki Agronga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, 29 yoshli bokschi may oyida Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan profboks kechasida ham jang qilishi ko‘zda tutilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati