Vinisius kameraga qarata: Har bir o‘yinda hakamlar menga kartochka ko‘rsatishadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 00:04
Vinisius Junior kameraga o‘z noroziligini bildirdi.

Madridning “Real” klubi La Liganing 29-turida “Osasuna”ni safarda mag‘lub etdi (4:2). Madridliklar forvardi dubl qayd etdi va yana o‘yin davomida mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini oldi, shu sababli u avtomatik ravishda bitta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

44-daqiqada olingan kartochka Braziliya terma jamoasi futbolchisining so‘nggi 4ta o‘yinidagi to‘rtinchisi bo‘ldi.

Tanaffus hushtagi chalinganidan so‘ng Vinisius kiyinish xonasi tomon yurdi va kameraga: “Har bir o‘yinda hakamlar menga kartochka ko‘rsatishadi, har bir o‘yinda!”, - dedi.

Braziliyalik futbolchining sherigi Braim Dias uni kameradan uzoqlashtirib, itarib yubordi va u norozilik bildirmasligi kerakligini aytdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati