Rossiyaga borayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan o‘zlari bilan isiriq olmaslik so‘raldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 10:40
Uzbekistan Airways Rossiya shaharlariga jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilarga murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, Rossiya hukumatining farmoniga ko‘ra, harmala (isiriq) o‘simligi Rossiyada giyohvand moddalarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan. Isiriqni mamlakatga olib kirish bilan bog‘liq barcha harakatlar Rossiya Jinoyat kodeksining 229.1-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sizdan ushbu turdagi o‘simlikni qo‘l yukingizda va bagajda olib o‘tmasligingizni so‘raymiz”, — deyiladi aviakompaniya xabarida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati