Xavi «Barselona»ga bir nechta talablar qo‘ydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 10:32
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi mavsum yakunlangach ham klubda qolishi mumkin.Sport xabariga ko‘ra, Xavi klub rahbariyatiga turli talablarni qo‘ygan. Bosh murabbiy klubning uzoq muddatli loyihasi bo‘yicha aniq kafolatlar olish niyatida. Qayd etilishicha, Xavi klubning moliyaviy qiyinchiliklarini inobatga olgan holda xarid qilinishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini ham klub mutasaddilaridan talab qilgan. Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida Xavi joriy mavsum yakunida Kataloniya klubini tark etishini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng, jurnalistlar savollariga javob berar ekan, ispaniyalik mutaxassis “Barselona”ni tark etish niyati o‘zgarmaganini bir necha bor tasdiqlagan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati