7-8 soat uyqu, kun davomida 8-10 stakan suv ichish... O‘rta xavf guruhiga mansub aholiga yana qanday tavsiyalar bor?
- Жанр: Salomatlik
- Смотрели: 27
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-04-2024, 10:30
Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur guruhlarga kiruvchi aholiga alohida eslatmalar tayyorlangani va 1 tayanch guruhi — amaliy sog‘lom shaxslar hamda 2-past xavf guruhiga mansub fuqarolar uchun tavsiyalar e’lon qilingan edi.
Bu gal 3-o‘rta xavf guruhi uchun mo‘ljallangan eslatmalar bilan tanishasiz.
Sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qiling! kun davomida har 2 soatda kam-kamdan parhezbop (bug‘da, qaynatib yoki dimlab pishirilgan taomlar) iste’mol qiling; kamida 400 gr. meva va sabzavotlar, ko‘katlar iste’mol qiling; yog‘li go‘sht, tarkibida mol yog‘i va trans yog‘lar (margarin) bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini imkon qadar kamaytiring; tarkibida osh tuzi ko‘p bo‘lgan mahsulotlar va tuzlamalarni cheklang;
Jismoniy faollik! 5-10 daqiqalik ertalabki badantarbiya; kun davomida salomatlik holatingizni inobatga olgan holda 25 daqiqa jismoniy mashqlarni bajaring; yurishni yaqin masofaga 500 qadamdan boshlang, kuniga 5 qadamdan qo‘shib boring; o‘zingizga yaqin hamroh bilan kamida 30 daqiqa kechki sayr qiling.
Oilaviy shifokor tomonidan qisqacha profilaktik individual maslahatlar! kun tartibini to‘g‘ri shakllantiring (kunlik me’yoriy 7-8 soatlik uyqu, vaqtida ovqatlanish va kun davomida 8-10 stakan suv ichish); oila a’zolaringizning iliq munosabatlarini qadrlang.