• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • 7-8 soat uyqu, kun davomida 8-10 stakan suv ichish... O‘rta xavf guruhiga mansub aholiga yana qanday tavsiyalar bor?

7-8 soat uyqu, kun davomida 8-10 stakan suv ichish... O‘rta xavf guruhiga mansub aholiga yana qanday tavsiyalar bor?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 28
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 10:30
Xabar berganimizdek, bugun yurtimiz bo‘ylab aholi o‘rtasida tibbiy xatlov o‘tkazilib, fuqarolar salomatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘rt guruhga ajratib olinmoqda.

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur guruhlarga kiruvchi aholiga alohida eslatmalar tayyorlangani va 1 tayanch guruhi — amaliy sog‘lom shaxslar hamda 2-past xavf guruhiga mansub fuqarolar uchun tavsiyalar e’lon qilingan edi.

Bu gal 3-o‘rta xavf guruhi uchun mo‘ljallangan eslatmalar bilan tanishasiz.

Sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qiling! kun davomida har 2 soatda kam-kamdan parhezbop (bug‘da, qaynatib yoki dimlab pishirilgan taomlar) iste’mol qiling; kamida 400 gr. meva va sabzavotlar, ko‘katlar iste’mol qiling; yog‘li go‘sht, tarkibida mol yog‘i va trans yog‘lar (margarin) bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini imkon qadar kamaytiring; tarkibida osh tuzi ko‘p bo‘lgan mahsulotlar va tuzlamalarni cheklang;

Jismoniy faollik! 5-10 daqiqalik ertalabki badantarbiya; kun davomida salomatlik holatingizni inobatga olgan holda 25 daqiqa jismoniy mashqlarni bajaring; yurishni yaqin masofaga 500 qadamdan boshlang, kuniga 5 qadamdan qo‘shib boring; o‘zingizga yaqin hamroh bilan kamida 30 daqiqa kechki sayr qiling.

Oilaviy shifokor tomonidan qisqacha profilaktik individual maslahatlar! kun tartibini to‘g‘ri shakllantiring (kunlik me’yoriy 7-8 soatlik uyqu, vaqtida ovqatlanish va kun davomida 8-10 stakan suv ichish); oila a’zolaringizning iliq munosabatlarini qadrlang.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati