Tokio Olimpiadasida qatnashgan JAR futbolchisi otib ketildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 10:22
"Kayzer Chifs" himoyachisi Lyuk Flers Yoxannesburg chekkasida o‘ldirildi. Jinoyat yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Flersning oldiga qurollangan odamlar kelib, qurol bilan tahdid qilgan va mashinadan tushishni buyurgan.

So‘ngra futbolchiga qarata o‘q uzilgan. Jinoyatchilardan biri Flersning mashinasida qochib ketgan. Qotillarning maqsadi mashinani o‘g‘irlash bo‘lgan.

Lyuk Flers kasalxonaga yotqizilgan, biroq u yerdagi shifokorlar futbolchining hayotini saqlab qola olishmagan.

"Kayzer Chifs" fojiali xabarni tasdiqladi va Flersning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Lyuk Flers JAR terma jamoasi safida Tokio Olimpiadasida ishtirok etgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati