Andijonda uchta avtomobil to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 10:04
Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmatining xabar qilishicha, 2024 yil 4 aprel kuni soat 15:30 larda Xo‘jaobod tumani “Mustaqillikni 27 yilligi” MFY hududidan o‘tgan yo‘lda 2002 yilda tug‘ilgan G.A. Cobalt`da quvib o‘tish qoidasini buzib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tgan vaqtida o‘z yo‘nalishida qarshisidan kelayotgan 33 yoshli A.B. boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashib, YTH sodir qilgan.

To‘qnashuv natijasida Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va o‘zi bilan bir yo‘nalishda yonma-yon kelayotgan 34 yoshli N.X. boshqaruvidagi "Moskvich-412"ga borib urilgan.

Ushbu YTH oqibatida, Cobalt va Damas haydovchilari, hamda Damas`dagi bir nafar yo‘lovchi tan jarohatlari bilan SHTTYOMga yotkizilgan. Ammo, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay Cobalt va Damas haydovchilari shifoxonada vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB Tergov bo‘linmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati