Superhujumchi o‘ziga yangi jamoa tanladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 09:58
O‘tgan mavsum “Napoli”ni Italiya chempionatida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shgan Viktor Osimxen yaqinlashib kelayotgan yozda jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Nigeriyalik forvardga anchadan beri Yevropaning qator grandlari og‘iz solib kelmoqda. Ayniqsa, “Chelsi”, “Arsenal” va PSJ kabi klublardan jiddiy chorlov bo‘lyapti.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Osimxenning o‘zi PSJ taklifini qabul qilishga moyil bo‘lib turibdi. Chunki Viktor Parij klubida o‘ynashni orzu qilishi aytilmoqda.

Bundan tashqari, PSJ klubi jamoadan ketishi kutilayotgan Kilian Mbappeni o‘rnini to‘ldirish uchun ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj sezishi aniq. Ana shu maqsadda parijliklar “Napoli”ga Osimxen uchun 100 million yevrodan ortiq badal pulini to‘lashga tayyor.

Qolaversa, nigeriyalik o‘yinchining Fransiya chempionatiga moslashishiga vaqt sarflanmaydi. Chunki Osimxen Italiyaga ketguniga qadar Liga 1da “Lill” jamoasi sharafini himoya qilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati