Makallister Jerrardning natijasini takrorladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 08:40
"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallister o‘zining samarali o‘yin ko‘rsatayotgan seriyasini uzaytirdi.

Argentinalik futbolchi APL doirasidagi “Sheffild Yunayted”ga qarshi o‘yinda gol kiritdi. Mak Allister barcha musobaqalarda ketma-ket oltita o‘yinda gol urdi yoki golli uzatmani amalga oshirdi. Jurnalist Maykl Ridning so‘zlariga ko‘ra, 2013 yil boshida xuddi shunday seriyani qayd etgan Stiven Jerrarddan keyin birorta ham mersisaydliklar yarim himoyachisi buni uddalay olmagan.

Aleksis Makallister o‘tgan yozda "Brayton"dan "Liverpul"ga o‘tgan edi. U ushbu mavsumda 36 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati