Palmer «Chelsi» rekordini o‘rnatishga yaqin turibdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 06:38
"Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etib, rekordga yaqinlashdi.

Angliyalik futbolchi Andre Onana darvozasiga ikki marta penaltidan va yana bir marta o‘yindan gol kiritdi. Londonliklar 21 yoshli futbolchining 100 va 101-daqiqalarda yo‘llagan aniq zarbalari evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi (4:3).

Palmerning joriy Premyer-ligada hozircha 24 ta golda qatnashdi (16 ta gol va 8 ta golli uzatma) bor - bu "Chelsi"dagi debyut mavsumida gollarda ishtirok etish borasida Jimmi Floyd Xasselbaynkdan keyin (32 ta golda ishtirok, 2000/01 mavsum) ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkich. Palmerning bugungi o‘yindagi xet-triki uni Diyego Kostadan oldinga o‘tishiga sabab bo‘ldi, u "Chelsi"dagi birinchi mavsumida 23 ta golda qatnashgandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati