Yaponiya Falastinga yordam berishni qayta tiklamoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 06:34
Yaponiya Isroil bosimiga qaramay, BMTning Falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligini (YUNRVA) moliyalashtirishni to‘xtatish qaroridan voz kechishini bildirdi. Tel-Aviv yanvar oyida agentlikni HAMAS bilan hamkorlikda ayblagan, biroq YUNRVAning 7 oktyabr voqealariga aloqadorligi haqida hech qachon ishonchli ma’lumot taqdim etmagan edi.

Ushbu ayblovlar ortidan agentlikning oltinchi yirik donori hisoblangan Yaponiya va boshqa 15 davlat Isroil ayblovlari ortidan 450 million dollarga yaqin mablag‘ ajratishni to‘xtatgandi. Biroq Tokio o‘z qarorini bekor qilmoqchi. Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava o‘tgan hafta YUNRVA rahbari Filipp Lazzarini bilan uchrashdi.

Yaponiyaning moliyalashtirishni qayta tiklash to‘g‘risidagi qarori Yevropa Ittifoqi, Kanada, Shvesiya va Avstraliyaning shu kabi qarorlaridan so‘ng qabul qilindi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati