Fransiyalik iqtidor «PSJ» va «Real» o‘rtasida tanlov qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 06:32
"Lill" markaziy himoyachisi Leni Yoro faoliyatini qaysi klubda davom ettirish borasida qaror qabul qildi.

18 yoshli futbolchi uchun kurash uzoq vaqtdan buyon Yevropaning yetakchi ligalari gigantlari tomonidan olib borilib kelinmoqda va bu yulduzga asosiy davogarlar "Pari Sen-Jermen" va Madridning “Real” klublari hisoblanadi. Relevo xabariga ko‘ra, Parij klubi direktori Luish Kampush Yoro bilan shartnoma imzolash uchun harakat qilmoqda, biroq futbolchining o‘zi "Real Madrid"ga o‘tish variantini ma’qul ko‘rmoqda.

Fransiyalik futbolchiga Angliyaning "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirmoqda, ammo markaziy himoyachi "Los-Blankos"da o‘ynashni istaydi.

Transfermarkt ekspertlari Leni Yoroning narxini 40 million yevroga baholamoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati