Yamal «Barselona» afsonasiga aylanmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 06:26
"Barselona"ning 16 yoshli futbolchisi Lamin Yamal kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, boshqa klublar allaqachon yosh vinger uchun taxminan 200 million yevro taklif qilishgan, ammo "Barselona" o‘sib borayotgan yulduz bilan xayrlashishdan bosh tortgan. Futbolchining o‘zi ham "ko‘k-anorranglilar"da uzoq vaqt o‘ynashni xohlashini tan oldi.

“E’tiborimni o‘yinlarga qaratganman. Men kelajakda nima qilishni xohlayotganim haqida aniq tasavvurga egaman. Faoliyatimning ko‘p qismini "Barselona"da o‘tkazmoqchiman. Men klub afsonasiga aylanishni xohlayman", - dedi joriy mavsumda 40 ta o‘yinda 6 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan Yamal.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati