Yamal «Barselona» afsonasiga aylanmoqchi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-04-2024, 06:26
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, boshqa klublar allaqachon yosh vinger uchun taxminan 200 million yevro taklif qilishgan, ammo "Barselona" o‘sib borayotgan yulduz bilan xayrlashishdan bosh tortgan. Futbolchining o‘zi ham "ko‘k-anorranglilar"da uzoq vaqt o‘ynashni xohlashini tan oldi.
“E’tiborimni o‘yinlarga qaratganman. Men kelajakda nima qilishni xohlayotganim haqida aniq tasavvurga egaman. Faoliyatimning ko‘p qismini "Barselona"da o‘tkazmoqchiman. Men klub afsonasiga aylanishni xohlayman", - dedi joriy mavsumda 40 ta o‘yinda 6 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan Yamal.