Pochettino: «Men masxaraboz emasman»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 06:08
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g‘alabadan (4:3) keyin o‘z his-tuyg‘ulari haqida fikr bildirdi.

“Ko‘klar” 100 va 101-daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga uch ochkoni tortib olishdi. Ikkala gol muallifi ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etgan Koul Palmer bo‘ldi.

“O‘yindan keyingi nishonlashim? Men masxaraboz emasman. Men murabbiyman. Ehtiros bu chetda aqldan ozish emas. Men xotirjamlikni saqlashim va vaziyatni tahlil qilishim kerak, chunki men Yevropaning eng yosh jamoalaridan birini boshqaraman. Albatta, o‘yin oxirida his-tuyg‘ular bo‘ladi, lekin bu sirk emas. Agar sizga masxaraboz kerak bo‘lsa, uni boshqa yerdan toping", - deya Pochettino so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati