Rossiyada gubernator pichoqlab ketildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 06:02
Rossiyaning Murmansk viloyati gubernatori Andrey Chibis Apatitidagi uchrashuvdan so‘ng pichoqlab ketildi. Viloyat rahbari kasalxonaga yotqizilgan, hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan.

Bu haqda viloyat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

«Qurolli hujum uyushtirilib, natijada uning qorniga pichoq urilgan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi», — deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, hodisa shahar aholisi bilan uchrashuvdan so‘ng madaniyat markazidan chiqib ketilayotganda sodir bo‘lgan.

«Hozir gubernator operasiya xonasida», deya qo‘shimcha qilingan. Qayd etilishicha, gubernator hushini yo‘qotmagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati