Namanganda aliment to‘lamay yurgan erkak boshqa xotinining uyida yashirinayotgani aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 05:50
Namangan viloyatida aliment to‘lamay yurgan erkak boshqa xotinining uyida yashiringani aniqlandi. Bu haqda MIB axborot xizmatiga tayanib, “Daryo” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak turmush o‘rtog‘i bilan 2022 yilda ajrashgan. Sud buyrug‘iga ko‘ra, undiruvchi N.J. foydasiga bir nafar farzandi uchun voyaga yetgunga qadar har oyda topgan daromadidan 4/1 miqdorida aliment undirilishi belgilanadi.

"Qarzdor esa shu kunga qadar umuman to‘lov qilmagan. Davlat ijrochisi yashash xonadoniga borsa yo‘q bo‘lgan, tayinli bir joyda ishlamaydi. Natijada qarzdorlik to‘planib, 24,3 million so‘mga borib yetadi. Unga nisbatan mart oyida qidiruv e’lon qilinib, topish choralari ko‘rildi.

Olingan ma’lumotlar foyda berib, norasmiy nikohdan o‘tgan turmush o‘rtog‘inikida yashab yurgani ma’lum bo‘ldi. Boshqarma qidiruv sho‘basi inspektori tomonidan ushlanib, davlat ijrochiga topshirildi. Bu bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sudga taqdim etildi va mazmunan ko‘rilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi", deyiladi xabarda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati