Palmer «MYU» bilan o‘yin taassurotlarini bo‘lishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 05:16
"Chelsi" hujumchisi Koul Palmer APLning 31-turida "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g‘alaba (4:3) haqida fikr bildirdi. U asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda 2 ta gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

"Aqldan ozgan o‘yin. 98-daqiqada gol urganimizda, o‘yinni yutib olishimiz kerak deb o‘yladim. G‘alaba golini urganimda nima qilishni bilmay, maydon bo‘ylab yugurdim. Xet-trik - bu xet-trik. Gol urganimizda Pochettino: "Olg‘a, yana ikki daqiqa", dedi. U har doim bizni oldinga undash uchun harakat qiladi. Biz tavakkal qildik va gol urdik. Bu bizga turtki beradigan va barchaning kayfiyatini ko‘taradigan katta g‘alaba. Umid qilamanki, biz xuddi shunday ruhda davom eta olamiz”, - deya Palmer so‘zlarini keltiradi BBC.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati