6 soat ishlab 8 soatga oylik olsa bo‘ladimi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 04:40
Nahotki, biror tashkilotda 6 soat ishlasangizu, sizga 8 soatga maosh to‘lashsa...

Keling bu masalaga oydinlik kiritamiz. Avvalo ish vaqti tushunchasiga ta’rif bersak: Ish vaqti bu: Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt.

Ish vaqtiga quyidagilar kiradi:

Xodim mehnat majburiyatlarini haqiqatda bajargan vaqt;

Mehnat kodeksida nazarda tutilgan vaqt davrlari (xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt, texnologiya hamda ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan tanaffuslar, bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar va boshqalar), shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa vaqt davrlari.

Ish vaqtining turlari qanday?
ish vaqtining normal davomiyligi;
ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi;
to‘liqsiz ish vaqti.
Ish vaqtining normal davomiyligi

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati