Prezident va nomdor davlat stipendiantlari taqdirlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 04:36
Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan 2023/2024 o‘quv yili uchun Toshkent davlat transport universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari tanlovi doirasida jami 10 ta kvota ajratildi. Bular – 1 ta Prezident, 1 ta Islom Karimov, 1 ta Navoiy va 7 ta Beruniy stipendiyasidir.

Ushbu tanlovga universitet talabalaridan jami 28 nafari qatnashdi. Ularning 12 nafari tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi. Bundan tashqari, magistratura mutaxassisligi doirasida universitetning 2 nafar iqtidorli talabasi ushbu tanlovning respublika bosqichida ishtirok etdi. Jami 10 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritib, davlat stipendiantlari qatoridan joy oldi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari tanlovi g‘oliblari tantanali tarzda taqdirlandi. Shuningdek, faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati