APLda mavsum yakuniga 8 ta tur qoldi. «Livrpul» peshqadam
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-04-2024, 03:58
Angliya chempionatining 31-turida Yurgen Klopp shogirdlari “Sheffild Yunayted”dan ustun keldi (3:1).
Kecha "Manchester Siti" "Aston Villa" ustidan g‘alaba qozondi (4:1), "Arsenal" esa "Luton"ni mag‘lub etdi (2:0).
Mersisaydliklar o‘tkazilgan 30 ta o‘yindan so‘ng APL turnir jadvalida birinchi o‘rinda qolmoqda - ularda 70 ochko bor. “Kanonirlar” liga peshqadamidan 2 ochko, “shaharliklar” 3 ochko ortda qolmoqda.
APLning navbatdagi turida “Liverpul” “Manchester Yunayted” bilan, “Arsenal” “Brayton” bilan, “Manchester Siti” esa “Kristal Pelas” bilan kuch sinashadi. Ushbu o‘yinlar 6-7 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.