Varan va Evans ham jarohatlanganlar safiga qo‘shilishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 03:26
Rafael Varan va Jonni Evans "Manchester Yunayted"ning jarohat olgan himoyachilari qatoriga qo‘shildi.

"Manchester Yunayted" APLning 31-turida "Chelsi" mehmoni bo‘lib, 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tanaffus vaqtida “qizil iblislar” himoyachisi Rafael Varan jarohati sabab maydonni tark etdi.

Uning o‘rnini egallagan Jonni Evans maydonga tushganidan 19 daqiqa o‘tib jarohat oldi va u ham almashtirildi.

Varan va Evansdan tashqari, "Manchester Yunayted"ning boshqa jarohat olgan himoyachilari orasida Lisandro Martines, Viktor Lindelyof, Lyuk Shou va Tirell Malasia bor.

"Manchester Yunayted" APLda 48 ochko bilan 6-o‘rinda, kuchli 4-o‘rindan 11 ochko ortda qolmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati