APL. Dahshatli kechgan bahsda Chelsi MYUni mag‘lub etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 03:08
Angliya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan bahsda “Chelsi” o‘z maydonida “Manchester Yunayted” ustidan g‘alaba qozondi – 4:3.

Ushbu uchrashuvdagi dastlabki ikkita gol mezbonlar hisobiga yozildi – Konor Gallaxer 4-daqiqada, Koul Palmer esa 19-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Birinchi bo‘lim oxirida mehmonlar Alexandro Garnacho (34-daqiqa) va Brunu Fernandesh (39-daqiqa) tomonidan kiritilgan gollar evaziga hisobni tenglashtirishdi. 67-daqiqada Garnacho dubl qayd etib, “qizil iblislar”ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Qo‘shib berilgan vaqtda Palmer o‘yinda ikkinchi marta penaltini aniq amalga oshirdi. Oradan bir daqiqa o‘tib u yana darvozani ishg‘ol qildi va shu orqali jamoasiga g‘alaba keltirdi.

"Manchester Yunayted" 48 ochko bilan APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. "Chelsi" 43 ochko jamg‘arib, 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Maurisio Pochettino shogirdlari mag‘lubiyatsiz seriyasini barcha musobaqalarda oltita o‘yinga yetkazdi.

Chelsi – Manchester Yunayted 4:3 (2:2, 2:1)5 aprel, 00.15, «Stemford Bridj»Gollar: 1:0 – 4 Gallaxer, 2:0 – 19, penalti Palmer, 2:1 – 34 Garnacho, 2:2 – 39 Brunu Fernandesh, 2:3 – 67 Garnacho, 3:3 – 90+10, penalti Palmer, 4:3 – 90+11 Palmer.Chelsi – Petrovich, Gyusto (Gilkrist, 75), Disasi (Chaloba, 75), Badyashil, Kukurelya, Gallaxer (Madueke, 89), Mudrik (Sterling, 71), Fernandes, Palmer, Kaysedo (Chukvuemeka, 71), Djekson.Manchester Yunayted – Onana, Uan-Bissaka, Varan (Evans, 46; Kambvala, 66), Maguayr, Diogu Dalot, Kazemiro (Maktominey, 75), Brunu Fernandesh, Maynu, Antoni, Garnacho (Maunt, 86), Xeylund (Reshford, 66).Ogohlantirishlar: Gyusto (32), Fernandes (35), Kaysedo (90+12).




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati