• Главная
  • »
  • Futbol yangiliklari
  • »
  • Aleksandr Stoymirovich: «Beshinchi o‘yinga kelib ham ishtiyoqsiz o‘ynayotganimizni yigitlarga aytyapman va ko‘p takrorlayapman»

Aleksandr Stoymirovich: «Beshinchi o‘yinga kelib ham ishtiyoqsiz o‘ynayotganimizni yigitlarga aytyapman va ko‘p takrorlayapman»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 23:16
"Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Stoymirovich Superliganing 5-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.- «Andijon» jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Ular 2 yildan buyon birga va jangovar o‘yin ko‘rsatishmoqda. Bugun futbolga o‘xshamagan o‘yin ko‘rdik, shunday o‘yinlar ham bo‘lib turadi. Beshinchi turga kelib ham bugungi bahsning so‘nggi 20 daqiqaligidagi xarakter hali ham jamoada yo‘qligi tushunarsiz. Nima deyish mumkin, ikkita qo‘pol xato va ikkita gol. Bunday holat «Metallurg» bilan uchrashuvda va bugun sodir bo‘lmoqda. Standartlar «Andijon»ning eng asosiy xarakteristikasi ekanligini bilardik. Afsuski, to‘pni sovg‘a qildik, keyin fol ishlatdik. Bu holatdan chiqib ketishimiz mumkin edi, lekin gol qabul qilib oldik. Ikkinchi gol esa qanday bo‘lganini ko‘rdingiz. Buni nima deyishga ham hayronman, to‘pni qaytarib yuborish kerakmidi, to‘xtatishmi. Xato qildik va gol o‘tkazib yubordik. Keyin bosim qildik va faqatgina bittagina gol ura oldik. Hechqisi yo‘q, shunday vaqt kelishi kerak edi, o‘z maydonimizda mag‘lub bo‘ldik. Bundan xafamiz. Lekin yana bir bor aytaman, ruhiy tomonlama barchasini to‘g‘rilashimiz kerak. Beshinchi o‘yinga kelib ham ishtiyoqsiz o‘ynayotganimizni yigitlarga aytyapman va ko‘p takrorlayapman. Yangi jamoamiz, tarkibda 16 nafar yangi futbolchi bor. Oldinga harakatlanishda davom etamiz.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati