Har soatda to‘rt bola G‘azoda Isroil hujumlari qurboni bo‘lmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 23:04
Blokadagi G‘azo sektorida genosidda ayblangan Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumlar tufayli 2023 yil 7-oktabrdan beri har soatda to‘rt nafar bola halok bo‘lmoqda.
Bu haqda Falastin hukumati markaziy statistika boshqarmasining 5 aprel – Falastin bolalarini himoya qilish kuni arafasida tayyorlangan hisobotida aytiladi.
Hisobot mualliflarining eslatishicha, 2023 yil 7-oktabrdan buyon 14350 nafar bola Isroil armiyasining Falastin anklavidagi hujumlari qurboniga aylangan, bu olti oy davomida eksklavda halok bo‘lgan barcha falastinliklarning 44 foizini tashkil qiladi.