Xitoy ekin maydonlarining keskin tanqisligi kuzatilgan mamlakat

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 23:02
Xitoy dunyodagi eng ko‘p aholiga ega bo‘lgan va ekin maydonlarining keskin tanqisligi kuzatilgan mamlakat. Aholisi dunyo aholisining 22 foiziga teng bo‘lgan Xitoy yer yuzidagi ekin maydonlarining atigi 7-12 foiziga ega.

????Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘zini o‘zi ta’minlashga intilayotgan Xitoy ekin maydonlari yetishmasligi (qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun butun mamlakat hududining atigi 12,8 foizidan foydalanish mumkin) va iqlim o‘zgarishi kabi muammolarga duch kelmoqda. Kelgusi 10 yil ichida Xitoy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining dunyodagi eng yirik importchisi bo‘lib qolishi prognoz qilinmoqda.

????“Keng polosali Xitoy” va “Raqamli qishloqlar” kabi strategiyalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida raqamlashtirish zamonaviy Xitoy qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning muhim omiliga aylandi. Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish darajasi 2016 yildagi 6,2 foizdan 2020 yilda 8,9 foizga ortdi.

????Xitoyda o‘simlikshunoslikda Buyumlar Interneti (IoT), katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt (AI), sun’iy yo‘ldosh bilan masofadan zondlash texnologiyalari qo‘llanilib, ular yordamida aniq ekish, bosqichma-bosqich o‘g‘itlash, intellektual sug‘orish, pilotsiz uchish apparati va ekologik nazorat texnikalari amalga oshiriladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati