APL muhim qoidasiga o‘zgartirish kiritmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 23:00
Angliya Premyer-ligasi (APL) moliyaviy feyr-pleyni buzgan klublardan ochkolarni olib qo‘yish jazosini, ya’ni rentabellik va barqarorlik qoidasini bekor qilishi mumkin.

Buning o‘rniga "hashamatli soliq" ko‘rib chiqilmoqda, unga ko‘ra ko‘p pul sarflagan klublar moliyaviy jazoga tortiladi.

Ilgari mustaqil komissiya qarori bilan "Nottingem Forest" rentabellik va barqarorlik qoidalarini buzgani uchun to‘rt balldan mahrum qilingan edi.

Bu qoidalarni buzgani uchun bu yil ochkolardan mahrum bo‘lgan yana bir klub "Everton" bo‘ldi. Avvaliga klub 10 ochkodan mahrum qilingandi, ammo muvaffaqiyatli murojaatdan so‘ng unga 4 ochko qaytarildi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, Angliya chempionati klublarining aksariyati bunday jazo choralarini o‘ta qattiq deb hisoblagan. Shuningdek, joriy jazo tizimi davom etsa, Premyer-liga dunyoning eng yaxshi ligasi sifatidagi daromadli mavqeini yo‘qotishi mumkinligi, chunki klublar bundan buyon yuqori maoshlar orqali eng yaxshi futbolchilarni jalb eta olmay qolishi qayd etilgan.

Nashrning yozishicha, klublar allaqachon tub islohotlarni muhokama qilishgan. Iyun oyida 2023/24 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha yig‘ilish yakunida yangi tizimni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.
Qayd etilishicha, 20 ta klubdan 17 tasi jiddiy o‘zgarishlarga moyil. Biroq reglamentga o‘zgartirish kiritish uchun 14ta klubning roziligi talab qilinadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati