• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Bilimga yo‘naltirilgan ta’limdan natijaga yo‘naltirilgan ta’lim standartlariga o‘tiladi

Bilimga yo‘naltirilgan ta’limdan natijaga yo‘naltirilgan ta’lim standartlariga o‘tiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 22:36

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bo‘lim boshlig‘i Shavkat Xo‘jaqulov “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosi yuzasidan ma’lumot berdi:

????Mazkur hujjat bilan Ta’lim standartlarining O‘zbekiston Milliy malaka ramkasi bilan to‘liq integrasiyasi ta’minlanadi. Bunda qadriyatlar, shaxsiy fazilatlar (Soft skills) va yashil ko‘nikma (Green skills)lar uchun talablarni belgilashga alohida urg‘u beriladi.

????Ushbu jarayonlar orqali esa ta’lim natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda mavjud ta’lim turlari YUNESKOning «Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi» darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.

????Ta’lim standartlarining xalqaro ta’lim ramkalariga muvofiqligi ta’minlanadi.

????Ta’lim bosqichlari kesimida shakllanadigan kompetensiyalarning aniq belgilanishi natijasida ta’lim turlarining o‘zaro uzviyligiga erishiladi.
????Davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va ular asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari o‘quv natijalarini baholash komponenti qismi bilan to‘ldiriladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati