La liga. Vinisius dublga erishib, Valverde 3 ta assist qayd etgan o‘yinda «Real» g‘alabani qo‘lga kiritdi (videosharh)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 52
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 23:00
Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Real» safarda «Osasuna» klubi mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Vinisius Junior 4-daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib mezbonlar Budimir tomonidan urilgan gol evaziga muvozanatnik tiklashdi.Dani Karvaxal 18-daqiqada "Real"ni yana oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Brahim Dias va Vinisius ikkita gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar boshlangan paytda "Osasuna" hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi."Real" ushbu g‘alabadan so‘ng 72 ochko bilan 2-o‘rindagi "Jirona" bilan farqni 10 ochkoga yetkazdi.Ispaniya La ligasi, 29-turOsasuna – Real Madrid 2:4 (1:2, 1:2)Gollar: 0:1 – 4 Vinisius Junior, 1:1 – 7 Budimir, 1:2 – 18 Karvaxal, 1:3 – 61 Braim Dias, 1:4 – 64 Vinisius Junior, 2:4 – 90+1 Munyos.Osasuna – Errera, Areso, Unai Garsiya, Katena (Munyos, 70), Errando (Xuan Krus, 79), Moxika, Moyses Gomes (Raul Garsiya, 70), Torro, Monkayola, Arnais (Ruben Garsiya, 69), Budimir (Ibanyes, 70).Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Ryudiger, Tchuameni, Mendi (Fran Garsiya, 85), Kroos (Vaskes, 77), Valverde, Kamavinga (Nacho, 72), Braim Dias (Modrich, 72), Vinisius Junior (Gyuler, 85), Rodrigo.Ogohlantirishlar: Errando (31), Vinisius Junior (44), Kamavinga (53), Torro (55), Unai Garsiya (63).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati