Robusta qahvasining narxi eng yuqori darajaga ko‘tarildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-04-2024, 22:24
Robusta qahvasining birja narxlari so‘nggi 16 yildagi eng yuqori darajaga yetdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Bunga Vetnamda issiq ob-havo tufayli hosilga zarar yetkazilishi natijasida kuzatilgan tanqislik sabab bo‘lgan.

3 aprel kuni 24 may kuni yetkazib beriladigan qahva fyucherslari Londondagi “ICE” birjasida 4,8%ga oshib, 2008 yildan beri rekord darajada bir metrik tonna uchun $3838ni tashkil qildi.

Yakuniy savdolarda auksion bir tonna uchun $3812ga yakunlandi. 4 aprel kuni Robusta qahvasi narxi oshishda davom etdi, narx bir tonna uchun $3847ga yetdi.

Joriy yilda eriydigan qahva ishlab chiqarishda foydalaniladigan Robusta fyucherslari 30$dan ko‘proqqa o‘sdi.

Londondagi “DRWakefield” importchi kompaniyasi savdogarlari agentlikka ob-havo sharoiti unchalik yoqimli emas ekanligini ma’lum qildi.
“Sug‘orish uchun suv tanqisligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavotirlar hali ham mavjud, bu esa kelgusi mavsumda hosildorlikka ta’sir qilishi mumkin”, — dedi ular.
Robusta yetkazib berishda kutilayotgan pasayish Arabisa qahvasi loviya narxini oshirmoqda.
Nyu-Yorkdagi ushbu yuqori sifatli qahvaning fyucherslari 2024 yil dekabridan beri birinchi marta bir funt uchun $2dan oshib, 3%ga oshdi.
“Bloomberg”ning eslatishicha, Robusta o‘rniga aralashmalar va eriydigan qahva ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan past sifatli Arabisa loviyalariga talab kuchli.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati