NATOning yangi kengayish to‘lqini Gavayi orollarini ham o‘z ichiga olishi mumkin
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-04-2024, 22:18
Newsweek jurnali xalqaro munosabatlar eksperti Alan Mendozaga asoslangan hisobotida NATO geografik joylashuvi tufayli alyansga kiritilmagan Gavayi orollarini o‘z mas’uliyati doirasiga kiritishi mumkinligini taklif qildi.
«NATO Shimoliy Atlantika bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chegaraga ega bo‘lmagan, ammo u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa demokratik davlatlarga kengayayotganini inobatga olsak, hech bo‘lmaganda alyansni Gavayi orollarini ham qo‘shib kengaytirish haqida o‘ylab ko‘rish mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi», - deya Mendoza so‘zlarini keltiradi agentlik.
AQShning 50-shtati Shimoliy Atlantika shartnomasining NATOga a’zo davlatlardan biriga hujumga jamoaviy javob berishni nazarda tutuvchi 5-moddasiga kirmaydi. Ittifoq hujjatida aytilishicha, ittifoqchilar faqatgina «Saraton tropikining shimolidagi Shimoliy Atlantika mintaqasida» mojarolar yuzaga kelgan taqdirdagina javob berishlari kerak. Gavayi bu kenglikdan janubda joylashgan.